Ichki audit

Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg'armasi Ichki audit xizmatining Nizomi

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Ichki audit xizmati faoliyatining 2024-yil 9-oyligi yakuni boʻyicha hisoboti

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Ichki audit xizmatining markaziy apparatida 8 ta shtat birlikdan (shundan, 3 tasi hududiy filial bosh mutaxassislari) iborat mustaqil tuzilma sifatida tashkil etilgan boʻlib, 2024-yil 1-oktyabr holatiga 5 nafar ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega boʻlgan xodimlar faoliyat olib bormoqda.

2024-yillik rejasi 29 ta obyekti boʻlib, shundan 9 oyda 22 tasi kiritilgan.

2024-yil 1-oktyabr holatiga 17 ta obyektda audit tadbirlari oʻtkazilib, oʻtkazilgan audit tadbirlarida 5 895,0 mln.soʻmlik xato-kamchiliklar aniqlanib, audit tadbiri yakuni bilan rahbariyatga hisobot kiritilib, Davlat auditi dasturiy kompleksiga oʻrnatilgan tartibda joylashtirildi.

Shuningdek, huquqni muxofaza qiluvchi organlarning topshirigʻiga asosan 4 ta tashkilotda rejadan tashqari oʻtkazilgan audit tadbirida 794,0 mln soʻmlik moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlandi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199 sonli qaroriga boʻyicha 21 ta tibbiyot muassasasida oʻtkazilgan masofaviy oʻrganishlarda 2 561,3 mln soʻmlik ortiqcha toʻlovlar amalga oshirilishi oldi olindi.

Shuningdek, tibbiyot muassasalari tomonidan shoshilinch tarzda davolangan bemorlarga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar hisobotlari taxlil qilinganda, koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar hisobotlaridan 793,3 mln.soʻmlik ortiqcha toʻlovlarni oldi olinishiga erishildi.